Andijonda aka 2 yoshli singlisini 50 ming so‘mga baholab, zinapoyaga bog‘lab ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida yosh bolani qo‘lidan bog‘lab, unga “50 ming so‘m” deya narx belgilab ketilgani haqidagi xabarlar keng tarqaldi va jamoatchilikda jiddiy xavotir uyg‘otdi. Voqea joriy yilning 2 yanvar kuni Andijon shahrida vaqtincha yashovchi (1999 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan) ayol Q.D. yashash manziliga ketayotgan vaqtda 2 nafar kichik yoshdagi farzandlarini (2019 va 2023 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il va qiz) 9 yoshli katta o‘g‘li S.A. ga (2017 yilda tug‘ilgan o‘g‘il bola) topshirib, qo‘lidagi go‘dagi bilan (2025 yilda tug‘ilgan) do‘konga ketgan. Shu holat ortidan bolalar qisqa muddatga nazoratsiz qolgani aytilmoqda.
Ukalariga qarab turishi kerak bo‘lgan akaning aytishicha, u onasi ketgan vaqtda singlisining ko‘chaning avtotransport qatnov qismiga chiqib ketmasligi uchun uni qo‘lidan zinapoyaning temir dastagiga ip bilan bog‘lab qo‘ygan.
Ma’lum qilinishicha, holat yuzasidan ayol farzandlarini nazoratsiz qoldirmaslik bo‘yicha ogohlantirilgan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv doirasida ayolning farzandlariga nisbatan xatti-harakatlariga huquqiy baho berish choralari ko‘rilmoqda. Rahmonova bu borada qo‘shimcha ma’lumot berilishini ham aytib o‘tgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!