date

Birjalar va banklar jamoatchilik uchun muhim tashkilotlar qatoriga kiritildi

Birjalar va banklar jamoatchilik uchun muhim tashkilotlar qatoriga kiritildi

Adliya vazirligi jamoatchilik ahamiyatiga ega tashkilotlar toifasini belgilovchi qarorni roʻyxatdan oʻtkazdi. Ushbu roʻyxatga birjalar, banklar hamda mikro moliya tashkilotlari kiritildi.

Hujjatga ko‘ra, aksiyalari ommaviy savdolarda joylashtiriladigan kompaniyalar, faktoring tashkilotlari, ipoteka tuzilmalari va to‘lov tizimlari ham jamoatchilik uchun muhim subyektlar sifatida e’tirof etiladi. Bundan tashqari, davlat ulushi mavjud korxonalar ham shu maqomni oladi.

Davlat ishtirokidagi korxonalar uchun mezonlar ham belgilangan: aktivlar hajmi 1 mln BHMdan oshishi, yillik sof daromad esa 1 mln BHMdan yuqori bo‘lishi kerak.

Shuningdek, ketma-ket ikki yil yakunlari bo‘yicha kamida bitta talabga javob beradigan tashkilotlar ham ro‘yxatga kiritiladi. Bu talablar — aktivlar 1 mln BHMdan kam bo‘lmasligi, yillik sof daromad 1 mln BHM yoki undan ko‘p bo‘lishi, yoxud xodimlarning o‘rtacha yillik soni kamida 500 nafarni tashkil etishi.

Ko‘rsatilgan mezonlarga mos keladigan korxona va tashkilotlar maxsus reyestrga kiritiladi. Reyestrni shakllantirish va yangilab borish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi mas’ul etib belgilangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Birjalar va banklar jamoatchilik uchun muhim tashkilotlar qatoriga kiritildi