Yangihayotdagi ko‘cha va mavzeler nomini o‘zgartirish masalasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

Toshkent shahrining Yangihayot tumanida ayrim ko‘cha va mavzeler nomini o‘zgartirish bo‘yicha takliflar jamoatchilik muhokamasiga chiqarildi. Bu haqda hokimiyat matbuot xizmati xabar berdi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.
Shahar geogafik obyektlar bo‘yicha komissiyasi poytaxt aholisi fikrini yig‘ishni boshlagan. Muhokama doirasida nomi yo‘q ko‘chalarga ham rasmiy nom berish rejalashtirilmoqda.
Hokimiyat ma’lumotiga ko‘ra, tashabbus Yangihayot tumani administratsiyasidan kelib chiqqan. “Geografik obyektlar nomlari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, bunday qarorlar mahalliy aholi fikrini inobatga olgan holda qabul qilinishi lozim.
Ovoz berish geonom.tashkent.uz maxsus portali orqali o‘tkazilmoqda. Shuningdek, fuqarolar 19-yanvargacha (71) 210-04-13 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib yoki hokimiyatga yozma murojaat yuborish orqali ham o‘z pozitsiyasini bildirishlari mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!