date

Oʻzbekistonning tashqi qarzi 75,4 mlrd dollarga yetdi

Oʻzbekistonning tashqi qarzi 75,4 mlrd dollarga yetdi

Markaziy bank hisobotiga ko‘ra, uchinchi chorak yakuniga kelib O‘zbekistonning jami tashqi qarzi 75,4 mlrd dollarni tashkil etdi. Yanvar–sentabr oylarida mamlakatning xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlari 11 mlrd dollardan ko‘proqqa oshgan. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.

Shu davrda joriy hisob taqchilligi 207,3 mln dollar bo‘ldi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilgi 3,1 mlrd dollarlik darajadan ancha past.

Taqchillikning qisqarishi eksport hajmining 32,8% ga o‘sib, 26,1 mlrd dollarga yetgani bilan izohlandi. Bunda xomashyo narxlarining ko‘tarilishi hamda norezidentlarga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmining kengayishi muhim omil bo‘lgan.

Import esa 15,4% ga oshib, 36,7 mlrd dollarni tashkil etdi. O‘sishga texnika va uskunalar, shuningdek oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab ta’sir ko‘rsatgan.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar 1,7 baravar ko‘payib, 2,9 mlrd dollarga yetdi. Portfel investitsiyalar esa asosan xalqaro obligatsiyalar chiqarilishi hisobidan 2,2 baravar oshib, 3,8 mlrd dollarni tashkil etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Oʻzbekistonning tashqi qarzi 75,4 mlrd dollarga yetdi