Silk Avia noqulay ob-havo sabab Toshkent–Buxoro reyslari jadvalini o'zgartirdi

Silk Avia aviakompaniyasi 6-yanvar kuni noqulay ob-havo tufayli Toshkent–Buxoro yo'nalishidagi UH-801 va UH-802 reyslari o'zgartirilgan jadval asosida amalga oshirilishini ma'lum qildi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.
Yangilangan reja bo'yicha UH-801 reysi Toshkentdan 10:30 da uchib ketadi, Buxorodan qaytish parvozi esa 12:30 ga belgilangan.
6-yanvar holatiga ko'ra, Toshkentdan Buxoroga aviachiptalar narxi Oson tarifida 672,9 ming so'mdan, Omad tarifida esa 872,8 ming so'mdan boshlanadi. Ushbu yo'nalish bo'yicha parvozlar har kuni amalga oshiriladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing