Metrodan chiqib qayerga boraman? Metro sxemasi yangilandi

Toshkent metropoliteni yo‘nalishlarining yangilangan sxemasi taqdim etildi. Yangi xaritada qatnov vaqti yanada aniq hisoblangan bo‘lib, bekatlar orasidagi intervallar hatto soniyasigacha ko‘rsatilgan.
Eng yoqimli yangiliklardan biri — sxema endi faqat “qaysi bekatdan qaysiga” emas, balki “metrodan chiqib qayerga boraman?” degan savolga ham javob beradi. Xaritada bekatlar yaqinidagi bog‘lar, bozorlar, sport inshootlari hamda shahar atrofi avtostansiyalari haqida ham qo‘shimcha ma’lumotlar berilgan.
Bu yangilanish yo‘lovchilarga marshrutni tezroq rejalashtirish, vaqtni tejash va kerakli manzilga ortiqcha aylanishlarsiz yetib borishda qo‘l keladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing