16:59 / 07.05.2017
5 816

Prezidentning kutilmagan tashrifi amalga oshirilgan poliklinika rahbari ishdan olindi

Prezidentning kutilmagan tashrifi amalga oshirilgan poliklinika rahbari ishdan olindi
Yashnobod tumani hokimiyatida ma’muriyat vakillari va faollar ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilish vaqtida mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev tumandagi ayanchli vaziyat haqida so‘zladi. Bunday vaziyat ayniqsa prezidentning kutilmagan tashrifi amalga oshirilgan 32-oilaviy poliklinikaga taalluqli ekani qayd etildi.

Prezident poliklinaka hovlisini yovvoyi o‘tlar bosib ketganini va oddiy sanitar va gigienik normalarga rioya qilinmaganini ta’kidlab o‘tgan.

«Kun.uz» manbasining ma’lumot berishicha, tuman hokimiga ushbu poliklinika bosh shifokorini ishdan olishga va tumandagi barcha tibbiyot muassasalarini tartibga keltirishga ko‘rsatma bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezidentning kutilmagan tashrifi amalga oshirilgan poliklinika rahbari ishdan olindi