12:33 / 25.03.2018
6 880

O‘zbekistonda yer silkinishi qayd etildi

O‘zbekistonda yer silkinishi qayd etildi
25 mart kuni 3:17 da Toshkentda va O‘zbekistonning boshqa shaharlarida yer silkinishi qayd etildi, deya xabar bermoqda UzReport.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, epitsentr Hindikush tog‘lari (Afg‘oniston)da 200 km chuqurlikda joylashgan. U yerda yer silkinishi magnitudasi 5,1 ga teng bo‘ldi.

Yer osti silkinishlari kuchi Toshkentda 3 ballni tashkil qildi.

Zilzila chog‘ida uylarda bir necha soniya davomida keskin silkinish sezilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda yer silkinishi qayd etildi