O'zbekiston aholisi nechi millionga yetgani ma'lum bo'ldi

2026 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 38 382 685 kishini tashkil etgani ma’lum qilindi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi axborot berdi.
Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,8 foizga oshgan. Bu esa mamlakatda aholining barqaror o‘sish tendensiyasi davom etayotganini ko‘rsatadi.
Aholi tarkibida 19,1 million nafari ayollar, 19,3 million nafari erkaklar ekani bildirildi. Hududlar kesimida esa 19,6 million kishi shaharlarda, 18,8 million kishi qishloq joylarda istiqomat qilmoqda.
Mutaxassislar bu o‘sishni O‘zbekistonda demografik rivojlanish izchil davom etayotganining muhim ko‘rsatkichi sifatida baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing