21:40 / 11.01.2019
3 481

O‘zbekiston - Tojikiston chegarasida yangi nazorat-o‘tkazish punktlari ish boshlaydi

O‘zbekiston - Tojikiston chegarasida yangi nazorat-o‘tkazish punktlari ish boshlaydi
O‘zbekiston va Tojikiston chegarasida yangi nazorat-o‘tkazish punktlari ochilishi to‘g‘risidagi kelishuvga o‘tgan yilning avgust oyida Imomali Rahmonning davlat tashrifi va O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar davomida erishilgandi, deb xabar bermoqda Aziya-Plyus agentligi.

Yaqin vaqt ichida Tojikiston-O‘zbekiston chegarasida yangi nazorat-o‘tkazish punkti ish boshlaydi - «Bobotog‘». «Bobotog‘» nazorat-o‘tkazish punkti xalqaro maqomga ega bo‘lmaydi, undan ikki mamlakat fuqarolari, shuningdek, Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolariga tegishli transport vositalari o‘tkaziladi, deya ta’kidlaydi nashr.

Yangi nazorat-o‘tkazish punkti kunduzgi vaqtda ishlaydi. Shuningdek, qayd etilishicha, Tojikiston va O‘zbekiston chegara idoralari ikki davlat chegarasida yangi nazorat-o‘tkazish punktlarini ochish bo‘yicha masalani o‘rganib chiqmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda ikki davlat chegarasida 3 tadan 15 tagacha yangi nazorat-o‘tkazish punkti ochilishi mumkin.
Yangi nazorat-o‘tkazish punktlari Tojikiston va O‘zbekistonning chegaraoldi hududlari aholisi o‘rtasidagi aloqalarni yanada barqaror rivojlantirishga xizmat qiladi, davlatlar chegarasidagi boshqa nazorat-o‘tkazish punktlarida navbatlar oqimini kamaytiradi.

2002 yilda imzolangan hukumatlararo bitimga muvofiq, Tojikiston va O‘zbekiston chegarasida 16 ta nazorat-o‘tkazish punkti tashkil etilgan, shu jumladan, 9 tasi xalqaro maqomga ega.

Ko‘plab nazorat-o‘tkazish punktlari 2000-yillar o‘rtalarida ikki tomonlama munosabatlarning keskinlashishi ortidan bilan yopilgan va o‘tgan yilning boshiga qadar faqat ikkita nazorat-o‘tkazish punkti to‘laqonli faoliyat yuritgan: biri Tursunzoda-Sariosiyo yo‘nalishi bo‘yicha, ikkinchisi esa Bo‘ston-Bekobod yo‘nalishida.

O‘tgan yil mart oyida Dushanbega Shavkat Mirziyoyevning davlat tashrifi oldidan 16 ta nazorat-o‘tkazish punkti to‘liq ishga tushdi.

Manba: Kun.uz

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston - Tojikiston chegarasida yangi nazorat-o‘tkazish punktlari ish boshlaydi
[/banner_pushhouse