O‘zbekistonda rus tili maktablari tashkil etiladi

1 daqiqa o'qish6.9K
O‘zbekistonda rus tili maktablari tashkil etiladi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri O‘zbekistonda rus tilini o‘rgatishni kengaytirish maqsadida maxsus sinfxonalar tashkil etishda ko‘maklashadi, deb xabar berdi Zamin.uz.

Bu tashabbus joriy yilning 9-sentabr kuni Aleksandr Beglov boshchiligidagi Peterburg delegatsiyasining O‘zbekistonga rasmiy tashrifi doirasida muhokama qilindi. Tashrif davomida gubernator Beglov Toshkent va O‘zbekiston mitropoliti Vikentiy bilan uchrashib, ikki tomonlama gumanitar aloqalar yuzasidan fikr almashdi.

Beglovning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent yeparxiyasi tarixi Peterburg shahri bilan chambarchas bog‘liq. Birinchi ruhoniy Sofoniya aynan Peterburgda xizmat qilgan. U, shuningdek, pravoslav va islom ulamolari o‘rtasidagi muloqot muhimligini ta’kidladi.

Uchrashuv yakunida Peterburg shahri O‘zbekistonda rus tilini o‘rgatishga ixtisoslashgan sinfxonalarni tashkil etishda yordam berishga tayyor ekani ma’lum qilindi. Bundan tashqari, o‘quv materiallari taqdim etish, o‘qituvchilar tayyorlash va qo‘shma ma’rifiy loyihalarni amalga oshirish masalalari ham muhokama qilindi.

Peterburg va O‘zbekiston shaharlarining ishtirokida yozgi ta’lim lagerlari tashkil etish taklifi ham bildirildi. Bu lagerlarda pravoslav madaniyati asoslari o‘rgatiladi. Loyiha ikki xalq o‘rtasidagi madaniy muloqotni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Tashrif doirasida gubernator Beglov “Leningrad yodgorligi”ning ochilishida ishtirok etdi hamda Toshkent hokimi Shavkat Umurzoqov bilan 2028-yilgacha bo‘lgan yangi hamkorlik rejasini imzoladi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning joriy yil 26–27-may kunlari O‘zbekistonga qilgan rasmiy tashrifi yakunlari bo‘yicha ham Moskva va Toshkent o‘rtasida rus tilini o‘rganish borasida hamkorlikni kengaytirish kelishuviga erishilgan edi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?