
“Kasaba uyushmalari toʻgʻrisida”gi qonun Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
Qonun bilan kasaba uyushmalari faoliyatining qonuniylik, ixtiyoriylik, mustaqillik va oʻzini oʻzi boshqarish kabi asosiy prinsiplari belgilandi.
Jumladan, fuqarolar oʻz qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun oʻz tanloviga koʻra ixtiyoriy ravishda kasaba uyushmalarini tuzish, aʼzo boʻlish, aʼzolikdan chiqish huquqiga ega.
Qonunda kasaba uyushmalarining tadbirkorlik faoliyatiga oid normalar belgilandi.
Kasaba uyushmalari oʻz taʼsis hujjatlarida belgilangan maqsad va vazifalar doirasida tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin.
Kasaba uyushmalari faoliyatining kafolatlarini kuchaytirish maqsadida ish beruvchining majburiyatlari aniq belgilab berildi.
Jumladan, ish beruvchi xodimlarning manfaatlariga daxldor qarorlar qabul qilingunga qadar kasaba uyushmalari bilan maslahatlashuv oʻtkazishi shart.
Qonunga koʻra davlat kasaba uyushmalari faoliyatini subsidiyalar, grantlar, ijtimoiy buyurtmalar shaklida va boshqa tarzda qoʻllab-quvvatlashi mumkin.
Ushbu qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar