19:24 / 30.06.2020
4 607

Moliya instituti rektori o‘zgardi

Moliya instituti rektori o‘zgardi
Toshkent Moliya instituti rektori Ulug‘bek Azizov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan, uning o‘rniga shu vaqtgacha prorektor lavozimida ishlab kelgan Sultonali Mehmonov institut rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan.

«O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus talim vazirinining buyrug‘iga ko‘ra Mehmonov Sultonali Umaraliyevich - Toshkent moliya institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektoriga institut rektori vazifasini vaqtincha bajarish yuklatildi», deyiladi institut matbuot xizmati tomonidan Kun.uz’ga berilgan ma’lumotda.

Sultonali Mehmonov 1974 yilda tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

1996-2006 yillarda Toshkent davlat agrar universitetida rektor yordamchisi, kafedra assistenti, dotsenti, bosh xisobchi, fakultet dekani o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. 2006-2017 yillarda Toshkent moliya institutida kafedra dotsenti, kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

U 2017-2018 yillarda I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali direktori o‘rinbosari (o‘rindoshlik asosida Toshkent moliya instituti kafedra professori) lavozimida faoliyat ko‘rsatgan, 2018-2019 yillarda Toshkent moliya instituti kafedra professori lavozimida ishlagan.

2019 yil oktabridan buyon Toshkent moliya instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.
2018 yil sentabridan buyon oliy ta’lim muassasasiga rahbarlik qilib kelgan Ulug‘bek Azizov hozirda qaysi ishga o‘tgani haqida ma’lum qilinmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Moliya instituti rektori o‘zgardi