00:12 / 15.02.2025
781

Putin Ukraina boʻyicha AQSh bilan muzokaralarga «ogʻir vaznlilar jamoasi»ni jalb etadi

Putin Ukraina boʻyicha AQSh bilan muzokaralarga «ogʻir vaznlilar jamoasi»ni jalb etadi
Foto: AFP/Getty Images
Vladimir Putin RossiyaUkraina urushini yakunlash boʻyicha AQSh vakillari bilan muloqot qilishga «muzokaralar oʻtkazish boʻyicha koʻp yillik tajribaga ega ogʻir vaznlilar jamoasi»ni shakllantirmoqda, deb xabar beradi Bloomberg.

Agentlik manbasining ma'lum qilishicha, muzokara oʻtkazishga mas'ul boʻladiganlar guruhiga RF prezidentining tashqi siyosiy masalalar boʻyicha maslahatchisi Yuriy Ushakov, Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin va Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi bosh direktori Kirill Dmitriyev kiritilgan.

Bloombergʼning qayd etishicha, Ushakov va Narishkin Ukraina bilan oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha birinchi muzokaralarda ishtirok etgan. Dmitriyev esa oʻz navbatida 2025 yil fevralda amerikalik maktab oʻqituvchisi Mark Fogelning ozod etilishiga qatnashgan.

Rossiya guruhidan, shuningdek, 2022 yilda oʻtkazilgan muzokaralarning boshqa ishtirokchilari ham oʻrin olishi mumkin. Agentlikning Kremlga yaqin manbasini soʻzlariga koʻra, ular muzokaralarda Ukraina vakillariga yordam beradi. Jumladan, ular orasiga RF prezidentining yordamchisi Vladimir Medinskiy ham kiritilish ehtimoli mavjud.

Dmitriyev matbuot xizmati uning tinchlik muzokaralaridagi ishtirokiga izoh berishdan bosh tortdi. Kreml ham Bloomberg soʻroviga javob qaytarmagan.

Avvalroq Volodimir Zelenskiy Ukraina oʻz ishtirokisiz hech qanday ikki tomonlama tinchlik muzokaralarini qabul qilmasligini aytgandi. Bundan tashqari, Ukraina prezidenti Evropa davlatlarining boʻlajak tinchlik muzokaralarida ishtirok etishidan «juda manfaatdor» ekanini ma'lum qilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo