![JCh— 2026. Eron — Oʻzbekiston oʻyini qayerda boʻlib oʻtishi aniq boʻldi](/uploads/posts/2025-02/deb6196352_12-gxlkpwrs.webp)
Foto: OʻFA
Oʻzbekiston milliy terma jamoasining JCh-2026 saralashidan oʻrin olgan Qirgʻiz Respublikasi va Eronga qarshi uchrashuv vaqtlari va joylari OFK tomonidan ma'lum qilindi.
Ramazon oyi munosabati bilan muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida OʻFA uchrashuv vaqtini oʻzgartirish boʻyicha OFKga soʻrov yuborgan edi.
Soʻrov qanoatlantirilib, Oʻzbekiston - Qirgʻiz Respublikasi oʻyini 20 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 ga koʻchirildi.
Shuningdek, 25 mart kuni Eronga qarshi safar uchrashuvi “Ozodi” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da oʻtkazilishi belgilandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar