11:45 / 14.02.2025
4 665

Timur Kapadze nima uchun Turkiyaga borgani haqida fikr bildirdi

Timur Kapadze nima uchun Turkiyaga borgani haqida fikr bildirdi
Ayni kunlarda Oʻzbekiston MTJ bosh murabbiyi Timur Kapadze Turkiyada boʻlib turibdi. Terma jamoamiz ustozi Turkiya safari haqida qisqa intervyu berdi.

«Turkiyaga ikki kun avval keldim. Ayni vaqtda yurtimizning koʻplab jamoalari yangi mavsumga Turkiyada tayyorgarlik koʻrmoqda. Bu erga oʻyinlarni koʻrish, futbolchilarning holati va murabbiylar bilan gaplashgani keldim. Futbolchilarni kuzatishni maqsad qilganman.

Umuman barcha oʻyinlarga bormoqdaman. Birinchi «Buxoro»ni oʻyinini kuzatdim. Keyin «Neftchi», «Andijon», «Bunyodkor» jamoalarining oʻyinini bevosita stadiondan tomosha qildim. Bugun «Nasaf», «Soʻgʻdiyona» jamoalari bahs olib boradi. Shu oʻyinlarga borishni maqsad qilganman. Oʻyinlarga borib, futbolchilarning holatini oʻrganmoqchiman. Turkiyaga futbolchilarning holatlarini oʻrganish maqsadida keldim», — deb fikr bildirdi terma jamoamiz ustozi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport