03:41 / 15.02.2025
131

AMD RX 9000 seriyasini 28-fevralda taqdim etadi

AMD RX 9000 seriyasini 28-fevralda taqdim etadi
AMD 28-fevral kuni YouTube orqali jonli efir o‘tkazib, yangi Radeon RX 9000 seriyali grafik kartalarining texnik xususiyatlari va narxlari haqida ma’lumot beradi. Geymerlar ushbu taqdimotni CES 2025 ko‘rgazmasida kutgan edi, biroq AMD faqat qisqa teaser bilan cheklangan va asosiy taqdimotni alohida o‘tkazishga qaror qilgan edi.

NVIDIA esa ushbu e’lon fonida RTX 5070 modelining chiqarilishini fevral oxiridan 5-martga ko‘chirdi, biroq RTX 5070 Ti 20-fevral kuni rejalashtirilganidek sotuvga chiqadi. Aftidan, NVIDIA RX 9070 va 9070 XT faqat RTX 5070 modeli bilan raqobat qilishi mumkin deb hisoblab, uning chiqishini keyinga surgan.


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno