03:08 / 15.02.2025
200

"Xetafe" "Jirona"ni mehmonda mag‘lub etdi

"Xetafe" "Jirona"ni mehmonda mag‘lub etdi
La Liganing navbatdagi turida "Xetafe" safarda "Jirona" ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Mehmonlar safida Krisantus Uche 3-daqiqada hisobni ochdi, 62-daqiqada esa Borxa Mayoral jamoasining ikkinchi golini urdi. "Jirona"ning yagona goli 54-daqiqada Yanhel Errera tomonidan kiritildi, biroq u 73-daqiqada qizil kartochka olib, jamoasini kamchilikda qoldirdi.

Statistikaga ko‘ra, "Jirona" 72% to‘p nazoratiga ega bo‘lib, 555 ta uzatma amalga oshirdi. Biroq "Xetafe"ning samarali hujumlari natija berdi – mehmonlar darvoza tomon 10 zarba yo‘llab, ularning 6 tasini aniq amalga oshirdi.

Mazkur natijadan so‘ng "Jirona" 24 o‘yindan so‘ng 31 ochko bilan 8-o‘rinda qoldi, "Xetafe" esa 30 ochko bilan 11-o‘ringa ko‘tarildi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport