![Oʻzbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo boʻlishi ma'lum qilindi](/uploads/posts/2025-02/7fa3709c23_1.webp)
“Oʻzgidromet” 15—16 fevral kunlari kutilayotgan ob-havo haqida ma'lumot berdi. Unga koʻra, shanba kuni respublika boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba'zi joylarda yomgʻir yogʻadi.
Oʻzbekistonning koʻpchilik hududlarida (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining shimoli-gʻarbiy hududlaridan tashqari) yakshanba kuni yomgʻir va qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi.
Bugun va ertaga kunduz kunlari havo harorati 7-10 daraja iliqqacha isiydi. Yakshanba kuni kunduzgi harorat 3-6 daraja iliqqacha pasayadi. Harorat asosan kechalari 0-5 daraja iliq boʻladi.
Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 metr/sekun tezlikda esadi, 16 fevral – yakshanba kuni ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi.
Respublika boʻyicha ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Toshkentda 15 fevral kuni yogʻingarchilik kutilmaydi. 16 fevralda vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Shanba kuni kunduzi harorat 7-10 daraja iliq boʻladi. Yakshanbada 3-6 daraja iliqqacha pasayadi. Harorat asosan kechalari 0-3 daraja iliq boʻladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar