16:26 / 14.02.2025
181

Tuman va shaharlarda kamida bittadan inklyuziv maktab tashkil etiladi

Tuman va shaharlarda kamida bittadan inklyuziv maktab tashkil etiladi
Oʻzbekistonda 2025−2026 oʻquv yilidan respublikaning har bir tuman va shahrida bosqichma-bosqich inklyuziv ta'lim talablariga javob beradigan kamida bittadan umumta'lim maktabi faoliyati tashkil etiladi.

Prezidentning 2025 yilga moʻljallangan davlat dasturini amalga oshirish toʻgʻrisidagi farmoniga koʻra, yangi baholash tizimi joriy etiladigan umumta'lim maktablar soni 3 mingtaga etkaziladi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari va umumta'lim maktablarida qoʻl mehnati bilan yaratilgan asarlar, oʻquvchilar tomonidan chizilgan rasmlar va ijodiy ishlarni oʻz ichiga olgan «Ekologik burchaklar», maktabgacha ta'lim tashkilotlarida «Ekologik yoʻlakchalar», maktablarda I va III chorakning soʻnggida «Tabiatni asrashda mening hissam» mavzusida turkum tadbirlar tashkil etiladi. Oʻquv yili yakunida esa respublika miqyosida «Eng namunali eko maktab» tanlovi oʻtkaziladi.

«Raqamli kutubxona» tizimining kitoblarga buyurtma berish moduli joriy etiladi. Umumta'lim maktablari tabiiy fanlar laboratoriya jihozlari, sport jihozlari va milliy musiqa cholgʻu asboblari bilan ta'minlanadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston