![OpenAI rahbari GPT-5 barcha foydalanuvchilar uchun bepul boʻlishini aytdi](/uploads/posts/2025-02/dce46bd45b_openai-chatgpt-5.webp)
OpenAI rahbari Sem Altman ijtimoiy tarmoq X dagi postida sun'iy intellektning yangi modeli – GPT-5 barcha foydalanuvchilar uchun butunlay bepul taqdim etilishini e'lon qildi.
“ChatGPT ning bepul obunachilari GPT-5 ning asosiy funktsiyalaridan cheklovsiz foydalanish imkoniga ega boʻladilar. Plus va Pro obunachilar esa ovoz va tasvir yaratish, chuqur ma'lumot tahlili kabi qoʻshimcha imkoniyatlarga ega boʻladilar”, – deb yozdi Altman.
Bundan tashqari, OpenAI rahbari tez orada GPT-4.5 modelining yangilanishi – ichki nomi Orion boʻlgan versiya chiqarilishini e'lon qildi. Ushbu yangilanishdan soʻng kompaniyaning asosiy maqsadi barcha modellarni yagona tizimga birlashtirish va barcha vositalardan foydalanish imkoniyatini yaratish boʻladi.
Altman soʻzlariga koʻra, OpenAI mahsulotlarini yanada qulay va tushunarli qilishni maqsad qilgan boʻlib, bularni yagona ekotizimga birlashtirish ustida ishlamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar