![AQShning atom aviatashuvchisi savdo kemasi bilan toʻqnashib ketdi](/uploads/posts/2025-02/3b98e6487a_gfncajixch-jgtcjjpw2mxj61jsnudon.webp)
Foto: Global Look Press
AQSh Harbiy-dengiz kuchlari Oltinchi floti bayonotiga koʻra, toʻqnashuv 12 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:46 da, Oʻrta Er dengizida — Port-Said shahri yaqinida (Misr) yuz bergan.
Aviatashuvchi, jumladan, uning dvigatel qismiga shikast etmagan. Holat boʻyicha tergov boshlangan.
MarineTraffic servisi ma'lumotlariga koʻra, Besiktas-M savdo kemasi Panama bayrogʻi ostida suzgan. Kema Port-Saiddan chiqqan va Ruminiyaning Konstantsa portiga ketayotgan boʻlgan.
«Harri Trumen» aviatashuvchisi oxirgi bir yil ichida Yaqin Sharqdagi operatsiyalarda faol ishtirok etdi. 2024 yil dekabrda u Yaman husiylarining savdo kemalariga hujumlari fonida mintaqaga suzib kelgandi.
Oy oxirlarida esa amerikalik harbiylar Qizil dengiz ustida oʻz qiruvchisini urib tushirgani ma'lum boʻlgan edi. «USS Harry S Truman aviatashuvchi zarbdor guruhi tarkibidagi USS Gettysburg raketa kreyser tasodifan zarba berib, USS Harry S Truman aviatashuvchisidan havoga koʻtarilgan F/A-18 Hornet samolyotini urib tushirdi», — deyilgandi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar