
Angliya Premer-ligasining navbatdagi turida "Brayton" o‘z maydonida "Chelsi"ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Jamoa safida Kaoru Mitoma (27-daqiqada) va Yankuba Minte (38 va 63-daqiqalarda) gol urib, jamoasiga muhim g‘alabani taqdim etdi.
Statistika bo‘yicha "Chelsi" to‘pni 70% nazorat qildi va 702 ta uzatma amalga oshirdi, biroq raqib darvozasiga biror marta ham aniq zarba bera olmadi. Aksincha, "Brayton" bor-yo‘g‘i 30% to‘p nazoratiga ega bo‘lishiga qaramay, 13 marta zarba berdi va ulardan 5 tasi aniq bo‘ldi.
Mazkur g‘alaba "Brayton"ni turnir jadvalida 8-o‘ringa olib chiqdi, "Chelsi" esa 43 ochko bilan 4-o‘rinda qoldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar