Oʻzbekiston fuqarolari Niderlandiyaga ishga yuborilishi mumkin

1 daqiqa o'qish2.9K
Oʻzbekiston fuqarolari Niderlandiyaga ishga yuborilishi mumkin
Foto: "Dunyo" AA
Oʻzbekiston elchisi Gʻayrat Fozilov Niderlandiyaning EuroTalents rekruting agentligi direktori va agentlik hammuassisi bilan uchrashdi. Muzokaralar chogʻida Oʻzbekistondan Niderlandiyaga ishchi kuchini jalb qilish, shuningdek, Migratsiya agentligi va EuroTalents rekruting agentligi oʻrtasida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish masalalari muhokama qilindi.

Niderlandiyaliklar Oʻzbekiston bilan logistika va transport, qurilish va infratuzilmani rivojlantirish, texnologiya, mehmonxona biznesi va tibbiyot kabi sohalarda mehnat resurslarini jalb qilish sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

EuroTalents rekruting agentligi rahbariyati Benilyuks mamlakatlaridagi kompaniyalar xorijiy ishchi kuchini faqat qonuniy asosda yollashini qayd etdi. Ta'kidlanishicha, agentlik xorijiy fuqarolarni yollash jarayonining barcha bosqichlari, jumladan, shartnomalar tuzish, ish haqi, uy-joy bilan ta'minlash va qonunchilikka rioya qilish, kadrlarga boʻlgan ehtiyojni hal etishga yaqindan koʻmaklashadi.

Uchrashuv yakunida hamkorlikning barcha tafsilotlarini muhokama qilish maqsadida Migratsiya agentligi va EuroTalents rekruting agentligi rahbariyati oʻrtasida onlayn muzokaralar oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?