00:58 / 15.02.2025
975

Zelenskiy NATO a'zoligi oʻrniga Ukrainaga nima kerakligini aytdi

Zelenskiy NATO a'zoligi oʻrniga Ukrainaga nima kerakligini aytdi
Foto: Reuters
Agar Ukrainani NATOga qabul qilishmasa, unda mamlakatda 1,5 million kishilik armiya, armiyada esa “zamonaviy qurollar” boʻlishi kerak. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Myunxen xavfsizlik konferentsiyasi doirasida aytib oʻtdi, deb yozadi Daryo nashri.

Uning soʻzlariga koʻra, “bugungi Amerika va prezident Tramp Ukrainaning NATOga kirishi haqida gapirishga tayyor emas”.

Ular ruslar bilan eskalatsiya sababli Ukrainada NATO boʻlishi mumkin emas deb hisoblashadi, deya qoʻshimcha qildi Zelenskiy.
Zelenskiy “AQShda tayyor reja borligini” koʻrmayotganini qoʻshimcha qildi.

"Biz hamma narsa haqida gapirishga tayyormiz. Kontingentdan xavfsizlik kafolatigacha. Biz har qanday konstruktsiyaga tayyormiz", dedi Ukraina prezidenti.

13 fevral kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainaning tinchlik kelishuvi doirasida NATOga kirishi “noreal” ekanligini ma'lum qildi.

AQSh prezidenti nima sababdan Rossiya Ukrainaga qarshi keng koʻlamli urush boshlagani sababiga toʻxtalib oʻtdi. Trampning soʻzlariga koʻra, sobiq prezident Jo Bayden Ukrainaning NATOga a'zo boʻlish istiqbollari haqida gapirgan. Bu esa goʻyoki “Rossiyani keng koʻlamli harbiy bosqinni boshlashga undagan”. AQSh prezidenti rossiyaliklar oʻzlarining “mavqeyi” tufayli Ukrainaning NATOga toʻlaqonli a'zosi boʻlishiga “yoʻl qoʻya olmasligi”ni aytdi. Biroq qanday “mavqeyi” haqida gap ketayotganiga izoh bermadi.

"Rossiyaday mavqeyiga ega boʻlgan davlat ularga (ukrainaliklarga.) NATOga a'zo boʻlishga qanday ruxsat berishini tushunmayapman.. Ular bunday mavqe bilan Ukraina alyansga qoʻshilishiga ruxsat bera olishmas edi", dedi prezident.

Siyosatchi ta'kidlashicha, Rossiya uzoq vaqtdan beri Ukrainaning NATOga qoʻshilishi ehtimoli haqida “qat'iy” boʻlgan, ammo “Bayden chiqib, Ukraina Ittifoqqa qoʻshilishi mumkinligini e'lon qilgan”.

"U shunday qilishi bilanoq, men: Endi urush boʻladi dedim va haq boʻlib chiqdim", deya ta'kidladi AQSh rahbari.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo