![Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimida qanday oʻzgarishlar kutilmoqda?](/uploads/posts/2025-02/23e9259259_e9f5b0ec-139c-4c14-be09-b7614a2d6f13.webp)
“Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
2025 yil 1 apreldan:
“Ijtimoiy daftarlar” jamgʻarmalari orqali koʻrsatiladigan ijtimoiy yordamlar Kambagʻal oilalar reyestriga kiritilgan oilalarga, uy-joy sharoitlarini yaxshilash va sogʻliqni saqlash boʻyicha ijtimoiy yordamlar esa – oylik daromadi oila a'zolarining har biriga minimal iste'mol xarajatlari miqdorining 2 baravaridan koʻp boʻlmagan oilalarga ham taqdim etiladi.
Bunda madaniy-ma'rifiy, ta'lim, sport va turizm tadbirlarini tashkil etish va oʻtkazishga “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamgʻarmalari tushumlarining 25 foizidan koʻp boʻlmagan qismini yoʻnaltirishga ruxsat beriladi;
“Ijtimoiy daftarlar” jamgʻarmalari orqali ijtimoiy yordamlar quyidagi tartibda koʻrsatiladi:
- oilalarni kambagʻallikdan chiqarish boʻyicha individual rejada kambagʻal oilalarning yoshlari va xotin-qizlariga muayyan ijtimoiy yordamlarning belgilanishi ushbu toifadagi shaxslardan qoʻshimcha murojaat talab etmagan holda “Ijtimoiy daftarlar” jamgʻarmalari hisobidan ijtimoiy yordamlar koʻrsatilishiga asos boʻladi;
- “Ijtimoiy daftarlar” jamgʻarmalari hisobidan ijtimoiy yordam koʻrsatishni soʻrab murojaat qilgan shaxslarning ijtimoiy holatini aniqlash “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali, oilaning moliyaviy holatini esa – idoralararo axborot almashinuvi orqali avtomatik ravishda baholash (skoring) natijalariga muvofiq amalga oshiriladi.
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar