
Respublika Gidrometeorologiya markazi dam olish kunlari quruq va nisbatan salqin ob-havo bo‘lishi kutilayotganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 8 yanvar kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 9 yanvar kuni respublikaning barcha hududlariga Volga bo‘yi hududlaridan quruq, lekin nisbatan sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi kuzatiladi. Kechalari harorat biroz salbiy qiymatlargacha pasayadi, kunduz kunlari esa havo harorati 5-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Bunday harorat foni yanvar oyining birinchi o‘n kunligi oxiri uchun xosdir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar