Barchaga ma’lum 9 iyul kuni London shahridagi "O2" arenasi ajoyib professional boks oqshomiga mezbonlik qiladi. Mazkur jang kechasida hamyurtimiz Isroil Madrimov ham ringga ko‘tariladi. Madrimov super yarim o‘rta vazn toifasida (69,8 kg) WBA eliminator jangi dorasida fransiyalik Mishel Soroga qarshi bahs yuritadi. Ushbu qarama-qarshilik ular o‘rtasidagi revansh jangi hisoblanib, dastlabkisida yurtdoshimiz g‘alaba qozongandi. Xullas, ushbu revansh jangi borasida boks murabbiylarining fikrlari bilan qiziqdik.
Vladimir Shin: - Biror taxmin bildira olmayman. Chunki, bu boks va bunda har qanday vaziyat bo‘lishi mumkin!
Zufar Sulaymonov: Revansh jangi ham juda murosasiz bo‘lib o‘tadi. Isroil dastlabki jangda ham g‘alaba qozongan va uning kuchli va kuchsiz jihatlarini yaxshi o‘zlashtirgan. Tayyorgarligi ham a’lo darajada kechmoqda. O‘ylaymanki, bu safar ham Isroil chiroyli g‘alabaga erishadi.
Rustam Saidov: - Albatta, Isroilni yutishini xohlaymiz va o‘ylaymanki, Madrimov aqilli va tartibli jang o‘tkazsa, buni uddasidan chiqadi.
Mansur Muqimov: - Jang juda qiziq bo‘ladi. Chunki, 1-to‘qnashuv ham juda shiddatli kechgandi. Hakamning xatosi uchun kandaydir e’tirozlar bo‘lganligini ko‘rdik. Lekin, Isroil o‘sha jang davom etgan taqdirda ham g‘alaba qilishiga hech kanday shubha koldirmagandi. Navbatdagi bahs ham juda qizg‘in bo‘ladi. Chunki, raqiblar bir-birlarini juda yaxshi biladi. Soro ham kuchli bokschiligini ko‘rdik, ammo Isroildagi hakikiy matonatni usha jangda ko‘rdim. O‘ylaymanki, Isroil yutadi. Hozirda u janga puxta hozirlik ko‘rgan va nazarimda bokschiga kerak bo‘lgan harakter unda 100 foiz mavjud. Albatta, Isroilni yutishini xohlayman va umid qilaman!
Abror Tursunpo‘latov: - Bu jang to‘liq davom etmaydi, degan fikrdaman. Bu safar Isroilga dastlabki jangdan ko‘ra, osonroq bo‘ladi va u muddatidan avval g‘alaba qozonadi. Hozirda, Matchroom geografiyani kengaytirgan va ushbu promouterlik kompaniyasi tashkil qiladigan jang kechalari adolatli tarzda o‘tmoqda. Golden Boy, Top Rank, PBC promouterlik kompaniyalarida asosiy e’tibor AQSH va meksikaliklarga qaratiladi. Yuqorida aytib o‘tganimdek, jang to‘liq davom etadi, deb o‘ylamayman.
Abduvohid Jalolov: - Isroil g‘alaba kozonadi, deb uylayman. Madrimov juda ham irodali, jangavor ruhiyati kuchli bola... Prof ringda 4 yildan beri ancha tajribaga erishdi. Omad yor bo‘lsin!
Javlonbek Eshmatov: - Isroil Madrimov uchun oson jang bo‘lmaydi. Biroq, uning mahoratiga shubha yo‘q va o‘zining chiroyli harakatlari bilan uzog‘i 10-raundda nokaut bilan g‘alaba qozonadi.
Dilshod Mahmudov: - Albatta, bu boks! Barchasi jangga qanday tayorgarlik ko‘rganligiga bog‘liq. Ochig‘i, hozir biror bir fikr bildirish qiyin. Biroq, Isroil Madrimov hozir juda yuqori jismoniy holatga ega. Albatta, Isroilni yutishini xohlayman va omad tilayman!
Askar Mamedov: - Madrimov bu jangga yaxshi tayyorgarlik ko‘rganligiga shubham yo‘q. Albatta, u g‘alaba qozonadi. Inshalloh nokaut bilan!
Husan Shirmatov: - Ushbu jang Madrimov uchun juda yaxshi tajriba bo‘ladi. Professional bokschi sifatida Soro Madrimovdan yaxshiroq. Biroq uning yoshi anchagina katta. Shunday ekan, imkoniyatlarni 50/50 baholagan bo‘lardim. Omad Isroil!
Alisher Rahimov: - Juda qiyin jang bo‘ladi. Agar, hakamlar Soroga yordam bermasa, Isroil yutadi!
Feruz Yuldashev: - Bu safar ham Madrimov yutadi. Chunki, dastlabki jangdagi g‘alaba Isroilni o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirganligi aniq. Qolaversa, tayyorgarligi ham a’lo darajada. Qo‘shimchasiga Murodjon Ahmadaliyevni chiroyli g‘alabasi uning ruhiyatiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatganligi aniq.
Isroil Madrimov1, Mishel Soro1, Revansh jangi1 “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz