Yaqindagina havaskor boks bo‘yicha jahon chempioni - Miraziz Mirzahalilov SPORTS.uz nashri uchun intervyu berdi. Anchagina qizg‘in o‘tgan suhbat chog‘ida sportchimiz ko‘pchilikni qiziqtirgan savollarga javob berib o‘tdi. Quyida mazkur suhbat bayonini sizning hukmingizga havola etamiz.
- Mukofotlarning qancha qismini murabbiylarga berasiz? Uning yozilmagan qiymati bormi?
- Biz mashg‘ulotlar va yig‘inlarda qancha yursak, ular biz bilan xuddi shuncha birga bo‘lishadi. Shu bois, ko‘plab bokschilarimiz katta g‘alabalardan so‘ng beriladigan mukofot pullarining 30 foizini yurakdan chiqarib ustozlariga beradi. Shaxsan men doimo yutuq pullarimni hammasini ustozimga beraman. Ular ichidan 30 foizini olib qolib, qolganini qaytarib beradilar.
- Belgraddagi jahon chempionati va Tokio Olimpiadasidagi omadsizlikning sababi nima deb o‘ylaysiz?
- Bilmadim. Har bir sportchining maqsadi 4 yilda bir marta bo‘ladigan musobaqada g‘alaba qozonish. Yoshligimizdan shu turnirga tayyorgarlik ko‘rdik. Mashg‘ulotlarda bor kuchim bilan ishladim. Oltin medal olishimizga shubham yo‘q edi. Ochig‘i, videoni ko‘rsangiz, hakamlarning qarorini tushunish qiyin. Yutqazdim, bo‘ldi. Ustozlarimiz aytganidek, jangdan keyin hammasi tarixga aylanadi. Yangi orzular va ularning ro‘yobi uchun harakat qilish shart.
- Oxirgi jahon chempionatida nafaqat sizni, balki boshqa o‘zbek bokschilarini ham "sindirishgan"dek tuyuldi?!
- Ochig‘i, shu savolni hozirgacha ham o‘ylab javobini topa olmadim. Biz oddiy sportchimiz. Bizni vazifamiz jangga chiqib, bor kuchimiz bilan harakat qilish. Yuqorida eslab o‘tgan musobaqalaringizda birinchi jangdayoq mag‘lubiyatga uchradim. Har safar ringdan tushib ketayotganimda, hali ko‘p ishlashim kerak ekan, deb o‘yladim.
- Havaskor boksda hali aytilmagan gaplaringiz bormi?
- Albatta. Hozir 27 yoshdaman. Noyabr-dekabr oyida katta turnir bo‘ladi. Unga qadar, nimadir deyish qiyin. Hozir Parijdagi Olimpiada o‘yinlarida g‘alaba qozonish. Osiyo o‘yinlari, Osiyo chempionati va jahon birinchiligida g‘alaba qozondim. Endi eng nufuzli musobaqada zafar quchish qoldi. Nasib qilsa, Fransiyadan yurtimizga oltin medal olib kelaman. Avvallari havaskor va professional boksning mashg‘ulotlarini birlashtirib bo‘lmaydi, deb hisoblar edim. Hozir prof boksdagi kareram boshlangach, tushunib yetdim-ki, buni hech qanday zarari yo‘q ekan. Kuchliroq jismoniy tayyorgarlik va mahorat evaziga yanada kuchli bo‘lishga harakat qilyapman.
- Hozir professional boksdagi vatandoshlarimiz havaskor boksdagi musobaqalarda ishtirok etmoqda. Bu yangi yetishib chiqayotgan yoshlarga nisbatan nohaqlik emasmi?
- Boks butun dunyoda kuchayib bormoqda. Yoshlarimizni ko‘ryapsiz. Ular Rossiya, Qirg‘iziston, Qozog‘istondagi turnirlarga yuborilmoqda. Yutgani yutib, yutqazgani yengilib kelmoqda. Qaysidir vazndagi bokschi ikki marotaba yengilgan bo‘lsa, uni katta musobaqaga olib ketishni murabbiylar ham istamaydi. Prof boksdagi yigitlar havaskor boksdagilarga nisbatan ancha tajribaliroq. Ularda Vatan sha’ni, murabbiylar yuzi uchun jang qilish tushunchasi bor. O‘sib kelayotgan yoshlarda bunday hisni uchratishning imkoni yo‘q. Biroz katta bo‘lishgach, bu his albatta paydo bo‘ladi. Hammasiga vaqt kerak. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»