
Real Madrid jamoasida ichki muammolar kuzatilmoqda. Mashhur El Chiringuito dasturida eʼlon qilingan maʼlumotlarga koʻra, jamoa oʻyinchilari bosh murabbiy Xabi Alonsoning uslubidan norozi ekanliklarini bildirganlar.
Baʼzi futbolchilar Alonsoni juda sovuqqon deb hisoblashmoqda va ularni tushunmayotganini aytishmoqda. Ayniqsa, Chempionlar ligasida “Liverpul”ga qarshi oʻyinda Trent Aleksander-Arnoldning maydonga tushirilishi oʻyinchilarda tushunmovchiliklarni keltirib chiqargan.
Eslatib oʻtamiz, oʻsha oʻyinda “Real” “Liverpul” maydonida 0:1 hisobida magʻlub boʻlgandi. Endi Xabi Alonso jamoani 9-noyabr, yakshanba kuni boʻlib oʻtadigan “Rayo Valyekano”ga qarshi derbiga tayyorlamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar