
Wildberries asoschisi va RWB bosh direktori Tatyana Kim o‘zining Telegram kanalida sobiq eri Vladislav Bakalchuk bilan mulkni taqsimlash bo‘yicha kelishuvga erishganini e’lon qildi.
"Bugun ajralishdan keyingi bo‘linish jarayoni nihoyat yakunlandi. Biz sobiq erim bilan ikkala tomonga ham mos keladigan shartlar asosida kelishuvga erishdik. Kelishuvga erisha olganimizdan xursandman. Bu yetuk pozitsiya", deb yozgan Tatyana Kim.
O‘tgan yilning iyul oyida biznesmen Wildberries va tashqi reklama operatori Russning qo‘shilishi fonida eridan ajrashganini e’lon qilganidan keyin o‘zini janjal markazida topdi.
Sentyabr oyida Tatyana familiyasini Kimga o‘zgartirdi. Keyinchalik oktyabr oyida u sobiq eri tomonidan qilingan zo‘ravonlikni oshkor qildi. Tatyananing so‘zlariga ko‘ra, uning sobiq eri "biznesni qayta yozishga" uringan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!