date

De Rossi A Seriyada murabbiylikka qaytdi


Daniyele de Rossi murabbiylik faoliyatiga qaytdi. Payshanba kuni "Jenoa" klubi de Rossining bosh murabbiy etib tayinlanganini eʼlon qildi.

Uning ish shartnomasi qancha muddatga moʻljallangani hozircha oshkor qilinmadi. "Jenoa" klubi maʼlum qilishicha, de Rossi jamoa bilan uchrashib, payshanba kuni dastlabki mashgʻulotni oʻtkazgan.

Juma kuni esa 42 yoshli mutaxassis matbuotga tanishtiriladi va jurnalistlar uchun matbuot anjumani oʻtkazadi. A Seriya turnir jadvalida "Jenoa" 10-turdan keyin 18-oʻrinni egallab turibdi.

De Rossining jamoasi navbatdagi uchrashuvni yakshanba, 9-noyabr kuni oʻz maydonida "Fiorentina"ga qarshi oʻtkazadi. Eslatib oʻtamiz, Daniyele de Rossi 2024-yil sentabr oyida "Roma"dan isteʼfoga chiqqanidan beri murabbiylik qilmagan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » De Rossi A Seriyada murabbiylikka qaytdi