O‘zbekistonda “Onlayn shifokor” tibbiy yordam endi telefon orqali

1 daqiqa o'qish915
O‘zbekistonda “Onlayn shifokor” tibbiy yordam endi telefon orqali

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, 2026 yildan boshlab O‘zbekistonda shoshilinch tibbiy yordam tizimida “Onlayn shifokor” xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

Yangi platforma orqali fuqarolar favqulodda vaziyatlarda masofadan turib shifokor maslahatini olish imkoniga ega bo‘ladi. Bu tizim shoshilinch yordam markazlari, shifoxonalar va poliklinikalar o‘rtasidagi bog‘lanishni kuchaytiradi hamda tibbiy qarorlarni tezroq qabul qilishga yordam beradi.

Loyiha sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish dasturi doirasida amalga oshirilmoqda. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda tizim samaradorligi sezilarli darajada oshgan.

Bugungacha 2400 nafar dispetcher maxsus tayyorgarlikdan o‘tdi. Buning natijasida tez yordam manzilga yetib borishdagi kechikishlar 1,1 foizdan 0,3 foizgacha qisqargan. Eng muhimi, qo‘ng‘iroqlarga javob berish vaqti 25–30 daqiqadan 10–15 daqiqagacha kamaygan.

So‘nggi sakkiz yilda shoshilinch yordam punktlari soni 818 tadan 1600 tagacha, brigadalar soni esa 2800 tagacha oshdi. Shu bilan birga, har bir chaqiriq uchun dori vositalariga sarflanadigan mablag‘ 750 so‘mdan 11 800 so‘mgacha ko‘tarilgan.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, “Onlayn shifokor” xizmati tibbiy yordamning samaradorligini yanada oshirib, inson hayotini saqlab qolish imkoniyatini kengaytiradi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?