Ilon Mask Yer iqlimni yo‘ldoshlar orqali nazorat qilmoqchi

1 daqiqa o'qish165
Ilon Mask Yer iqlimni yo‘ldoshlar orqali nazorat qilmoqchi

SpaceX asoschisi Ilon Mask insoniyatni global isish oqibatlaridan himoya qilish uchun yangi g‘oya taklif qildi, deb xabar berdi X (Twitter) platformasi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellekt boshqaruvidagi va quyosh energiyasida ishlaydigan sun’iy yo‘ldoshlar Yerga yetib keladigan Quyosh nurlari miqdorini nazorat qilish orqali iqlim o‘zgarishini cheklashi mumkin.

Maskning fikricha, bu tizim orqali katta global tuzilmalar yoki byurokratik qarorlarsiz iqlim jarayonlariga aniq va nazoratli ta’sir ko‘rsatish mumkin bo‘ladi. U buni “insoniyat uchun energiya balansi ustidan ilmiy boshqaruv” deb atadi.

Hozirda SpaceX kompaniyasida 9 mingdan ziyod Starlink sun’iy yo‘ldoshlari mavjud. Ular internet tarqatish uchun mo‘ljallangan bo‘lsa-da, Maskning yangi rejasi ularning funksional doirasini kengaytirishni nazarda tutadi.

Shu bilan birga, astronomlar bunday g‘oyaning salbiy oqibatlaridan xavotirda. Ular fikricha, sun’iy yo‘ldoshlar orqali Quyosh nurlarini boshqarish atmosfera va iqlim tizimida oldindan taxmin qilinmagan o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin.

Mutaxassislar bu yo‘nalishni “quyosh geoinjeneriyasi” deb ataydi. Bu sohadagi asosiy maqsad — Quyosh nurlarining ma’lum qismini boshqarish yoki bloklash orqali sayyora isishini yumshatish. Biroq olimlar bu tajriba insoniyat uchun ham foydali, ham xavfli bo‘lishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Ilon Maskning g‘oyasi ilmiy doiralarda qizg‘in bahslarga sabab bo‘ldi — ba’zilar uni “fantastik ilg‘or fikr”, boshqalar esa “iqlim bilan xavfli o‘yin” deb atadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?