Foto: AP
«Katta yettilik» davlatlari va Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiya tomonidan unga qarshi boshlagan urushdan qutulishga yordam berish rejasini ishlab chiqishga kirishdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin qabul qilingan «Marshall rejasi» bilan taqqoslanadigan bunday dasturni ishga tushirish signali 25 oktabr, seshanba kuni Berlinda bo‘lib o‘tgan xalqaro ekspertlar konferensiyasida berildi.
Konferensiyaga mezbonlik qilgan Germaniya kansleri Olaf Shols va Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayen o‘tgan hafta Frankfurter Allgemeine Zeitung gazetasida chop etilgan maqolada qilgan chaqiriqlarini takrorladilar. Tadbirni ochar ekan, Shols ushbu konferensiyaning maqsadi «XXI asr uchun Marshall rejasini yaratish» ekanligini aytdi. U uni amalga oshirishni «butun bir avlodning vazifasi» deb atadi va urush hali ham davom etayotganiga qaramay, Ukrainani tiklashni hozirdan boshlash zarurligini ta’kidladi.
Germaniya hukumati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, GFR tarixi falokatli urushdan keyin ham tiklanish mumkinligini ko‘rsatdi. «Ukrainaning farovon va demokratik YEI a’zosi, yashil energiya va yuqori texnologiyali mahsulotlar eksportchisi sifatida kelajagini rejalashtirish muhim», - dedi Shols.
Fon der Lyayen , o‘z navbatida, Ukrainaga faqat budjet xarajatlarini, jumladan, maosh va pensiyalarni qoplash uchun oyiga 3 milliard yevrodan 5 milliard yevrogacha kerak bo‘lishini aytdi. YEI rahbarining so‘zlariga ko‘ra, YEI Ukrainani oyiga 1,5 milliard yevro miqdorida moliyalashtirishga tayyor, 2023 yil uchun umumiy miqdor esa taxminan 18 milliard yevroni tashkil qiladi. Bryussel shunga o‘xshash miqdorni Qo‘shma Shtatlar, xalqaro moliya institutlari, xususan, Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) tomonidan alohida taqdim etilishi bilan ta’minlanishini kutmoqda.
XVJ rahbari Kristalina Georgiyeva ham Ukraina uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar haqida xuddi shunday hisob-kitoblarni aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2023 yilda Ukrainaga moliyaviy yordam ko‘rsatadigan davlatlar unga oyiga 3 milliard dollarga yaqin mablag‘ ajratishi kerak bo‘ladi. Biroq, qo‘shimcha gaz importi, vayron bo‘lgan infratuzilmani tiklash va Rossiyaning bombardimon qilishi kuchayishi kuzatilsa, bu miqdor 5 milliardga yetishi mumkin, dedi Georgiyeva. XVJ Ukrainaga yanada kengroq yordam dasturi ustida ishlamoqda, deya qo‘shimcha qildi jamg‘arma rahbari.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiyevdan video-aloqa orqali yig‘ilganlarga murojaat qilib, Rossiya bosqinidan vayron bo‘lgan mamlakatini qayta tiklash uchun imkon qadar tezroq mablag‘ ajratishga chaqirdi. Bu Yevropa Ittifoqining bo‘lajak a’zosiga sarmoya, dedi u. Ukraina rahbari hukumati Ukraina budjet taqchilligini qoplash uchun zudlik bilan 17 milliard dollar mablag‘ga muhtojligini ta’kidladi. O‘z navbatida, Ukraina bosh vaziri Denis Shmihal bu summaga yaqinda Rossiya Qurolli kuchlari tomonidan mamlakat energetika infratuzilmasiga yetkazilgan yirik ziyonni qoplash to‘lovlari kirmasligini ta’kidladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi