O‘zbekistonda iste’molchilar huquqlarini kuchaytirish maqsadida yangi qonunchilik o‘zgarishi amalga oshirildi. 2025 yil 31 iyulda qabul qilingan O'RQ-1078-son Qonunga ko‘ra, agar sotuvchi tovarni kelishilgan muddatda yetkazib bermasa, har bir kechikkan kun uchun tovar narxining 0,5 foizi miqdorida penya to‘laydi.
Shartnomada ushbu miqdorni 0,5%dan kam belgilash taqiqlanadi. Bu norma fuqarolar manfaati uchun joriy etilgan.
So‘nggi yillarda kechikish bo‘yicha shikoyatlar keskin oshgan: 2022 yil — 500 ta, 2023 yil — 1 373 ta, 2024 yil — 4 213 ta holat. Asosiy muammolar maishiy texnika, mebel va avtomobil yetkazib berishda kuzatilgan.
Mutaxassislar fikricha, yangi tartib sotuvchilar mas’uliyatini oshiradi, bozorda adolatli raqobat muhitini shakllantiradi va iste’molchi huquqlarini samarali himoya qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!