date

Sochida giyohvandlik savdosida ayblangan o‘zbekka 7 yil qamoq jazosi berildi

Sochida giyohvandlik savdosida ayblangan o‘zbekka 7 yil qamoq jazosi berildi

Rossiyaning Sochi shahrida sintetik giyohvand moddalar savdosida ayblangan O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan sud hukmi o‘qildi, deb yozadi “Kommersant”.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u giyohvand moddalar tarmog‘ida kuryer sifatida faoliyat yuritgan. U moddalarni qabul qilib, kichik qadoqlarga ajratgan va keyin sotish uchun yashirin joylarga joylashtirgan.

Biroq, uning jinoiy harakatlari huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o‘tkazilgan maxsus tadbirlar paytida to‘xtatildi.

Sud ma’lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchi oldindan til biriktirgan holda bir guruh bilan birga, katta miqdorda sintetik moddalarni sotishga suiqasd qilish moddasi bo‘yicha beshta jinoyatda aybdor topildi.

Natijada, u 7 yilga qat’iy tartibli koloniyada ozodlikdan mahrum etildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sochida giyohvandlik savdosida ayblangan o‘zbekka 7 yil qamoq jazosi berildi