date

Germaniya AQShdan Ukraina uchun 500 million dollarlik qurol oladi

Germaniya AQShdan Ukraina uchun 500 million dollarlik qurol oladi

Germaniya hukumati Ukraina mudofaa salohiyatini kuchaytirish maqsadida AQSHdan katta hajmdagi harbiy texnika xarid qilish uchun 500 million dollar ajratmoqchi. Bu mablag‘ AQSHning PURL (Ukrainaning ustuvor ehtiyojlari ro‘yxati) mexanizmi doirasidagi ilk yirik paketlardan biri sifatida qayd etilmoqda.

Berlin ushbu mablag‘ni Yevropa ichida ishlab chiqarilmaydigan yoki AQSHdan tezroq yetkazilishi mumkin bo‘lgan qurollarga yo‘naltiradi. Xususan, havo mudofaa tizimlari va zamonaviy radar majmualari xarid qilinishi kutilmoqda.

Rossiya bosqini boshlangandan beri Germaniya Ukrainaga umumiy qiymati 40 milliard yevro bo‘lgan harbiy yordam ko‘rsatgan. Bunga og‘ir artilleriya, zirhli texnika, zenit-raketa tizimlari va dronlarga qarshi uskunalar kiradi.

Avvalroq Daniya, Norvegiya va Shvetsiya ham AQSHda ishlab chiqarilgan qurollar uchun 500 million dollarlik moliya ajratishini ma’lum qilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniya AQShdan Ukraina uchun 500 million dollarlik qurol oladi