19:12 / 16.06.2023
212

O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Xitoyni ishonchli hisobda mag‘lub etdi

O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Xitoyni ishonchli hisobda mag‘lub etdi
O‘rtoqlik o‘yini doirasida O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Xitoy U-23 termasi bilan kuch sinashdi. Unda vakillarimiz 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
 
Hamyurtlarimiz safida gollarga Mahmud Mahamadjonov, Umarali Rahmonaliyev va Alisher Odilov mualliflik qildi. "Chin yurti vakillari"ning yagona golini 90+2-daqiqada Liang Vey Peng kiritdi.
Xitoy U-23 - O‘zbekiston U-23 1:3
Gollar: M.Mahamadjonov 51, U.Rahmonaliyev 74, Alisher Odilov 90+1' - Liang Veipeng 90+2.
Xitoy U-23: 2.Hu Hetao, 3.Liu Haofan, 6.Chen Yuhao, 9.Bahelamu Abduvali, 10.Jia Feyfan, 17.Vang Jinsuai, 21.Duan Dezim, 23.He Longhai, 28.He Xiaoke, 29.Zu Qiven, 30.Jin Shunkay.
Zaxira: 1.Jian Tao, 4.Liang Shaoven, 5.Tian Ziyi, 8.Abudurausuli Abudulamu, 12.Yu Jinyong, 13.Mutalifu Yimingqori, 14.Shi Yan, 15.Liang Veipeng, 16.Zao Hanbo, 19.Yang Zihao, 22.Chen Rong, 27.Li Xiancheng.
O‘zbekiston U-23: 12.Vladimir Nazarov (1.Otabek Boymurodov, 46), 5.Muhammadqodir Hamraliyev (16.Asadbek Rahimjonov, 46), 4.Odilbek Abdumajidov (25.Javohir O‘tamurodov, 46), 2.Saidazamat Mirsaidov (13.Eldorbek Begimov, 46), 24.Saidafzalxon Axrorov (17.Mahmud Mahamadjonov, 46), 23.Abdurauf Bo‘riyev (7.Behruzbek Asqarov, 46 (6.Muhammadaziz Ibrohimov, 60), 15.Farruh Muxtorov (8.Ibrohim Ibragimov, 30), 10.Jasur Jaloliddinov (14.Umarali Rahmonaliyev, 46), 11.Otabek Jo‘raqo‘ziyev (9.Ulug‘bek Hoshimov, 46), 20.Ruslan Jiyanov (18.Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 46), 19.Husayn Norchayev (22.Alisher Odilov, 46).
 
Ma’lumot o‘rnida, 11 iyunda olimpiyachilarimiz Farg‘onada Qirg‘iz Respublikasi jamoasini kichik 1:0 hisobida mag‘lub etgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘rtoqlik o‘yini. O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Xitoyni ishonchli hisobda mag‘lub etdi
ePN