Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 bronza medal uchun bahsda mag‘lub bo‘ldi (video)

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 bronza medal uchun bahsda mag‘lub bo‘ldi (video)
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Osiyo o‘yinlarining futbol bo‘yicha 3-o‘rin uchun kechgan bahsida O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Xitoyga qarshi maydonga tushib, asosiy vaqt 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
  • Penaltilar seriyasida esa Xitoy U-23 termasi 4:3 hisobida ustun kelib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.
  • O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi musobaqani 4-o‘rin bilan yakunladi.

Yaponiyada o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining futbol bo‘yicha 3-o‘rin uchun kechgan bahsi haqiqiy dramatik kurashga aylandi. Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U-23 milliy terma jamoasi bronza medallari uchun Xitoyga qarshi maydonga tushdi.

Shiddatli va gollarga boy kechgan asosiy vaqt 2:2 hisobidagi durang bilan yakun topdi. G‘olib nomini aniqlab bergan penaltilar seriyasida esa omad xitoylik futbolchilarga kulib boqdi — 3:4.

So‘nggi daqiqadagi kambek va penaltilar seriyasi

Uchrashuv dastlab raqibning faolligi bilan boshlandi:

  • 13-daqiqada Xitoy safida Hetoo hisobni ochdi — 1:0.

  • 43-daqiqada hamyurtlarimizdan Bahromov muvozanatni tiklab, tanaffusga durang bilan chiqib ketishni ta’minladi — 1:1.

  • Ikkinchi bo‘lim boshida, 53-daqiqada Yudong xitoyliklarni yana oldinga olib chiqdi — 2:1.

  • Bahsning asosiy vaqti tugab borayotgan bir paytda, 90-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Shodiboyev qahramonlik ko‘rsatib, hisobni 2:2 ko‘rinishiga keltirdi.

Biroq asablar jangiga aylangan penaltilar seriyasida Xitoy U-23 termasi 4:3 hisobida ustun kelib, Osiyo o‘yinlarining bronza medaliga ega chiqdi. O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi esa musobaqani 4-o‘rin bilan yakunladi.

Osiyo o‘yinlari. 3-o‘rin uchun bahs protokoli

Xitoy U-23 — O‘zbekiston U-23 2:2 (pen. ser. — 4:3)

Gollar: Hetoo (13), Yudong (53) — Bahromov (43), Shodiboyev (90).

  • O‘zbekiston U-23 tarkibi: 21. Muratbayev, 2. Xamidov, 3. Murtazoyev, 4. Rizaqulov, 7. Bahromov, 10. O‘rinboyev (sardor), 11. Jumayev, 13. To‘lqunbekov, 14. Fayzullayev, 17. Abdurahmonov, 19. Karimov.

  • Zaxira: Murkayev, Xushvaqtov, Xayrullayev, Saidov, Rustamov, Abdunazarov, Reyimov, O‘rmonjonov, Abdullayev, Ibraimov, Shodiboyev.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar