
Foto: UzChess
Kecha, 27 fevral kuni Nodirbek Abdusattorov Prague Chess Festival 2024 turnirining 1-turida Dai Van Nguyen ustidan g‘alaba qozondi. U hozirgacha hech qaysi o‘zbek shaxmatchisi qila olmagan ishni uddaladi.
Nodirbek yangilangan dunyo shaxmat reyting jadvalida top-10 likka chiqib oldi. Uning reytingi bugungi g‘alabadan keyin 2753.5 ga yetdi va 5 karra jahon chempioni Vishvanatan Anandni ortda qoldirdi. Bungacha o‘zbek shaxmatidagi eng yaxshi natija Rustam Qosimjonovga tegishli bo‘lib, u 2715 ochko bilan jahon reytingida 11-o‘rinda qayd etilgan edi.

Foto: 2700chess
Nodirbek Abdusattorov bugun turnirning ikkinchi turida Vidit Gujratiga qarshi dona suradi.
Chexiyaning Praga shahrida o‘tkazilayotgan nufuzli turnirda 7 martgacha davom etadi. Turnir mukofot puli e’lon qilinmagan.
Nodirbek AbdusattorovShaxmat TarixiPrague Chess FestivalO‘zbek ShaxmatchisiDunyo ReytingiVishvanatan Anand O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar