O‘tgan mavsumni "Kalyari"da ijara asosida o‘tkazgan hujumchi Eldor Shomurodov tez orada "Roma"ga qaytadi. Biz O‘zbekiston MTJ hujumchisining kelajagi haqida kalyarilik taniqli jurnalist Elia Serro bilan kichik suhbat uyushtirdik.
— Eldorning "Kalyari"dagi mavsumini qanday baholaysiz?
— Mavsum boshida bir qator muammolari bor edi. Yaxshi formada emasdi, sababi "Spetsiya" va "Roma"da kam o‘ynagandi, shuningdek oyoq jarohati ham katta muammo edi. U mavsumning ikkinchi qismida 3ta gol va 3ta assist qayd etgan holda "Kalyari" ligada qolishida juda muhim rol o‘ynadi. Umuman olganda bu o‘yinchi uchun muvaffaqiyatli mavsum deb o‘ylayman.
— Uning zaif va kuchli tomonlari haqida nima deya olasiz?
— Shubhasiz, uning kuchi to‘psiz katta ish ko‘lamini bajarishidadir. U to‘p bilan ham yaxshi o‘ynaydi, ammo uning bosim uyushtirishi va kurashishi ajoyib. Shuningdek, u to‘psiz harakat qilganda sheriklari uchun vaziyatlar yaratadi. Salbiy jihatlariga kelsak, unga nostabil jismoniy formasini kiritgan bo‘lardim. U yig‘ilib qolgan jarohatlar sabab butun o‘yinda turib bera olishi qiyin.
— Nima deb o‘ylaysiz, u "Kalyari"da qolishi mumkinmi?
— Uning kelasi mavsumni "Kalyari"da o‘tkazishiga ishonchim komil emas. Klubda xarid qilish huquqi bor, ammo 9 million yevro evaziga. Klubda bunday pullar bor deya olmayman. "Kalyari" "Roma" bilan yangi ijara yoki xarid qilish narxini tushirishga urinib ko‘rishi mumkin. Gap Eldorning sifatida emas, klubning moliyaviy holatida, — dedi jurnalist.
Forvard o‘tgan mavsum "Kalyari" safida barcha musobaqalarda 23ta o‘yinda maydonga tushib, 3ta gol va 3ta assist qayd etdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”