date

Sanderlend so'nggi daqiqalarda Arsenalni to'xtatdi

Sanderlend so'nggi daqiqalarda Arsenalni to'xtatdi
Angliya Premer-ligasi doirasidagi 11-tur uchrashuvida "Arsenal" mehmonda "Sanderlend"ga qarshi bahs olib bordi. O'yin 2:2 hisobida yakunlandi.

Mehmonlar o'yin nazoratini qo'llarida ushlagan bo'lsa-da, darvozabon David Rayaning xatosi tufayli so'nggi daqiqalarda g'alabadan mahrum bo'lishdi. Uchrashuv boshida mezbonlar ehtiyotkorlik bilan o'ynashdi, ammo birinchi imkoniyatni golga aylantirishdi.

36-daqiqada himoyachi Ballard jarima zarbasidan uzatilgan to'pni darvozaga yo'llab, "Sanderlend"ni oldinga olib chiqdi. "Arsenal" hujumkorlikni oshirdi, ammo birinchi bo'limda mezbonlar darvozabonini dog'da qoldira olmadi.

Rays va Saka bir nechta hujum tashkil qildi, ammo zarbalarda aniqlik yetishmadi. Ikkinchi bo'limda Mikel Arteta jamoasi o'yin sur'atini oshirdi.

54-daqiqada Saka kuchli zarba bilan hisobni tenglashtirdi. Shundan so'ng Trossar qanotdan markazga siljib, 72-daqiqada darvozaning burchagiga aniq zarba yo'lladi va "kanonirlar"ni oldinga olib chiqdi.

Mehmonlar uchinchi golni urishga yaqin bo'lishdi, ammo Merino va Rays o'z imkoniyatlarini boy berishdi. Uchrashuv yakunida mezbonlar bosimni oshirdi.

Raya bir necha bor jamoasini muqarrar gollardan qutqarishga muvaffaq bo'ldi, ammo hal qiluvchi vaziyatda xato qildi. 90-daqiqada Brobbi havodagi kurashda ustun kelib, akrobatik zarba bilan to'pni darvozaga yo'lladi.

Hakam VAR orqali vaziyatni tekshirgach, golni tasdiqladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sanderlend so'nggi daqiqalarda Arsenalni to'xtatdi