
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin yakunlanayotgan yilda jamoa urgan eng yaxshi gol qaysi ekanini aytdi. Mutaxassis sentyabr oyida Qatarga qarshi safardagi bahsda Aleksey Miranchuk urgan golni alohida e'tirof etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Karpinning so'zlariga ko'ra, epizodda Miranchuk to'pni mohirona saqlab qoldi, vaziyatdan chiqib, Sergeevga uzatma berdi, u esa to'pni poshna bilan qaytarib tashladi. Yakunda Miranchuk darvozabonni bir burchakka yotqizib, zarbani boshqa tomonga yo'llab, o'z mahoratini ko'rsatgan.
Eslatib o'tamiz, o'sha uchrashuvda Rossiya terma jamoasi Qatarni mehmonda 4:1 hisobida mag'lub etgan. UEFA va FIFA sanksiyalari sabab Karpin jamoasi qariyb to'rt yildan beri faqat o'rtoqlik o'yinlarida maydonga tushmoqda.
Rossiya terma jamoasining navbatdagi yig'ini mart oyining oxirida bo'lib o'tadi. Hozircha raqib kim bo'lishi ma'lum qilinmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.