
2025-yil 9-noyabr kuni O'zbekiston terma jamoasi vakillari Jidda shahrida bo'lib o'tayotgan VI Islom birdamligi o'yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishni davom ettirishdi. Chorak final bellashuvida uch nafar sportchi ringga chiqdi.
65 kg vazn toifasida Abdullo Madaminov nigeriyalik Raxem Opemini 4:1 hisobida mag'lubiyatga uchratib, turnirning yarim finaliga yo'l oldi. Ushbu g'alaba unga kamida bronza medalini kafolatladi.
Shuningdek, yana bir yorqin g'alabaga Madijar Daniyarov erishdi. 60 kg vazn toifasidagi jangda u liviyalik Muayid Okashni ikkinchi raundda texnik nokaut bilan mag'lub etdi.
Biroq barcha sportchilar keyingi bosqichga chiqa olmadi. 70 kg vazn toifasida Samandar Habibullaev ozarbayjonlik bokschi Sarxon Alievga 1:4 hisobida yutqazib, chorak final bosqichida musobaqani tark etdi.
O'zbekistonlik bokschilar yarim finalga yo'l oldi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar