date

Konstantin Belousov IRONMAN 70.3 Goa g'olibi


O‘zbekistonlik sportchi Konstantin Belousov Hindistonning Goa shtatida 2025-yilning 9-noyabrida o‘tkazilgan IRONMAN 70.3 Goa xalqaro musobaqasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. U musobaqani 4 soat 25 daqiqa 47 soniyada yakunlab, 31 davlatdan kelgan 1300 dan ortiq triatlonchilar orasida birinchi o‘rinni egalladi.

Musobaqaning beshinchi nashri rekord darajada ko‘p ishtirokchilarni to‘pladi. Musobaqa Goa shtati hukumat rahbari Pramod Savan tomonidan ochildi.

Sportchilar klassik masofani bosib o‘tishdi: 1,9 km suzish, 90 km velosipedda yurish va 21,1 km yugurish. Belousov nemis va chexiyalik raqiblarini ortda qoldirib, birinchi bo‘lib marraga yetib keldi.

Ikkinchi o‘rinni Germaniyalik Mixael Lennig (4:36:42), uchinchi o‘rinni esa Mixael Zolzer (4:42:19) egalladi. Ayollar o‘rtasida Buyuk Britaniyalik Elli Garrett 5 soat 18 daqiqa 43 soniyada marraga yetib kelib, g‘olib bo‘ldi.

Hindistonlik Timtim Sharma ikkinchi, britaniyalik Lyusi Blanchard esa uchinchi o‘rinni egalladi. Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, Goa musobaqasi IRONMAN 70.3 seriyasi ichida eng go‘zal, lekin iqlimning namligi va relyefning murakkabligi tufayli eng qiyin trassalardan biri hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » Konstantin Belousov IRONMAN 70.3 Goa g'olibi