
O‘zbekiston amkutig‘i futbolchilari 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi doirasida Malayziya darvozasiga 11 ta javobsiz gol urishdi. Bu haqda Championat.Asia xabar bermoqda.
O‘zbekiston terma jamoasi “B” guruhida Yaponiya, Malayziya, Bangladesh va Yaman bilan kuch sinashmoqda. “A” guruhida esa Indoneziya, Eron, Iroq va Suriya jamoalari ishtirok etmoqda.
13-noyabr, payshanba kuni o‘zbekistonlik futbolchilar Yaponiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 9:13 da boshlanadi.
Saralash bosqichi Indoneziyaning Jakarta shahrida 9-15 noyabr kunlari o‘tkazilmoqda. Musobaqalar yakuniga ko‘ra, faqatgina to‘rtta jamoa Jahon chempionatiga yo‘llanma oladi.
2022 yilda o‘tkazilgan Jahon chempionatida O‘zbekiston amkutig‘i uchinchi o‘rinni egallagan edi. O‘shanda chempionlikni Turkiya qo‘lga kiritgan, Angola esa ikkinchi o‘rinni olgan edi.
2012 yilda esa O‘zbekiston amkutig‘i Rossiyani mag‘lub etib, oltin medalni qo‘lga kiritgan, uchinchi o‘rin esa Turkiyaga nasib etgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar