
2025-yil 12-noyabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tgan VI Islom birdamlik o‘yinlarida O‘zbekiston og‘ir atletikachilari terma jamoaning medallar jamg‘armasini boyitishda davom etmoqda. 86 kg dan yuqori vazn toifasida ishtirok etgan Tursunoy Jabborova uchta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
U siltab ko‘tarish mashqida 116 kg, itarib ko‘tarishda esa 138 kg og‘irlikni zabt etdi. Ikki kurash bo‘yicha umumiy natija 254 kg bo‘lib, Jabborova barcha uch yo‘nalishda bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, 110 kg dan yuqori vazn toifasida qatnashgan Sharofiddin Amriddinov ham terma jamoaga yana bir medal tuhfa qildi. U siltab ko‘tarish mashqida 188 kg natija bilan uchinchi o‘rinni egalladi.
Shu kuni og‘ir atletika musobaqalarida O‘zbekiston terma jamoasi jami to‘rtta bronza medaliga ega bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.