
2025-yil 12-noyabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida boʻlib oʻtayotgan VI Islom birdamlik oʻyinlarida Oʻzbekistonning suzish boʻyicha terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, mamlakat hisobiga ikki oltin medal qoʻshdi. 400 metr erkin usulda suzish musobaqasida Ilya Sibirsev yuqori natija koʻrsatib, oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Bu sportchining ushbu musobaqadagi ikkinchi oltin medali boʻldi. Undan keyin Eldor Usmonov 100 metrda batterflay usulida chempionlikni qoʻlga kiritdi.
Hamyurtimiz yaqin raqiblarini ortda qoldirib, jamoamiz hisobiga yana bir oltin medalni qoʻshdi. Shu kuni Oʻzbekistonning suzish jamoasi yana ikkita oltin medalni terib, VI Islom birdamlik oʻyinlarining umumiy medallar reytingida oʻz pozitsiyalarini mustahkamladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.