date

Lazizbek Mullajonov 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi


Xalqaro test agentligi (ITA) 2024-yilgi Olimpiya o‘yinlari oltin medali sohibi Lazizbek Mullajonovning doping qoidalarini buzgani uchun 3 yilga sportdan chetlatilganini ma’lum qildi. ITA xabariga ko‘ra, sportchi metasteron moddasi bo‘yicha ijobiy tahlil topshirgan.

Ushbu modda Jahon antidoping agentligi (WADA) tomonidan taqiqlangan bo‘lib, anabolik androgen steroidlar (S1.1) guruhiga kiradi va har qanday vaqtda ishlatilishi taqiqlangan. Mullajonov qoida buzilishini tan olib, 4 yil o‘rniga 3 yillik jazoga rozi bo‘ldi.

Bu qaror World Boxing antidoping qoidalarining 10.8.1-moddasiga ko‘ra qabul qilindi. WADA va O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi ushbu qarorni Sport arbitraj sudi (CAS)ga shikoyat qilish huquqiga ega.

Bugungi kunda esa Mullajonov Toshkentda o‘tkaziladigan boks oqshomida jangga chiqishi kutilmoqda. Ushbu tadbirning faxriy mehmonlari sifatida Aleksandr Usik va Terrens Krouford ishtirok etadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Lazizbek Mullajonov 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi